Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tashrif buyurgan Italiyaning GEFI S.p.A.⁠ kompaniyasi rahbari Antonio Intiglietta bilan Respublika “Hunarmand” uyushmasida uchrashuv o‘tkazildi. photo_5298773025517936808_y.jpg Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik hunarmandlarning “Artigiano in Fiera” xalqaro ko‘rgazmasidagi ishtiroki samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ibot materiallari, kataloglar va tarqatma vositalar bilan boyitish, namoyish etilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy hunarmandchilik merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish va yangi imkoniyatlarni yaratish borasida kelishuvlarga erishdilar. Ushbu muloqot O‘zbekiston hunarmandlarining jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va milliy mahsulotlarimizning xalqaro tan olinishiga xizmat qiladi.